
Ushbu maqolaning maqsadi islomiy moliya tizimining zamonaviy bank tizimiga muqobil model sifatidagi imkoniyatlari va muammolarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv hamda mavjud ilmiy manbalarni o‘rganish usullaridan foydalanildi. Natijada islomiy moliyaning foizsiz moliyalashtirish, risklarni taqsimlash va real sektorga yo‘naltirilganligi jihatidan an’anaviy bank tizimiga nisbatan barqarorroq model ekanligi aniqlandi. Shuningdek, huquqiy baza yetishmasligi, standartlashtirish muammolari va malakali kadrlar taqchilligi asosiy cheklovchi omillar sifatida belgilandi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, islomiy moliya tizimi global moliyaviy tizimda barqaror va ijtimoiy adolatga yo‘naltirilgan muqobil model bo‘lish salohiyatiga ega
