
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining notinch oilalar bilan ishlash jarayonida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik faoliyatining mazmuni, huquqiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, oilaviy nizolar, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda mahalla tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish hamda profilaktik faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
