
Ushbu maqolada raqamli kriminalistika sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, dalillarni aniqlash, zararli dasturlarni tahlil qilish, deepfake texnologiyalarini aniqlash va bashoratli tahlil kabi yo‘nalishlarda sun’iy intellektning qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi tizimlarning samaradorligi, tezkorligi va aniqligi an’anaviy usullar bilan solishtiriladi. Maqolada ushbu texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari, ularning kiberxavfsizlik va sud ekspertizasidagi ahamiyati, shuningdek, huquqiy va axloqiy muammolar ham yoritiladi. Natijada sun’iy intellekt raqamli kriminalistikani yangi bosqichga olib chiqadigan muhim omil ekanligi asoslab beriladi.
