
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qilishda ekologik toza usullardan biri bo‘lgan biologik kurashning ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, tillako‘z (Chrysopa carnea) va trixogramma (Trichogramma spp.) kabi entomofag hasharotlarning biologiyasi, ularning o‘simliklarni himoya qilishdagi roli va amaliy qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada entomofaglar o‘rtasidagi farqlar, ularning samaradorligini taqqoslovchi jadval ham berilgan.
