
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarining oldini olish hamda ularni korreksiya qilishda oilaviy muhit va ota-onalarning pedagogik-psixologik kompetensiyasi tadqiq etilgan. Bolaning ilk nutqiy ko‘nikmalari bevosita oilada shakllanishi sababli, ota-onaning bola bilan muloqot madaniyati, nutqiy muhit to‘g‘riligi va turli sensor hamda mnemotexnik o‘yinlardan foydalanish darajasi tahlil qilingan.
