
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida lotin yozuviga o'tish jarayonining tarixiy, ijtimoiy va lingvistik jihatlari tahlil qilinadi. Yozuv islohotining o'zbek adabiy tili taraqqiyoti, imlo me'yorlari, til siyosati hamda xalqaro axborot makoniga integratsiyalashuvdagi o'rni yoritiladi. Tadqiqot davomida tarixiy-qiyosiy, tavsifiy va tahliliy metodlardan foydalanildi. Natijalar lotin yozuviga o'tish o'zbek tilining zamonaviy rivojlanishida muhim omil bo'lganligini, biroq mazkur jarayon bilan bog'liq ayrim lingvistik va amaliy muammolar hali ham mavjudligini ko'rsatdi.
