
Polikistoz tuxumdon sindromi (PTS) reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan endokrin-metabolik kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu sindrom tuxumdonlar faoliyatining buzilishi, giperandrogenemiya va ovulyatsiyaning yetishmovchiligi bilan tavsiflanadi. PTS rivojlanishida gormonal disbalans bilan bir qatorda uglevod va lipid almashinuvidagi o'zgarishlar ham muhim o'rin tutadi. Xususan, insulin rezistentligi, giperinsulinemiya va oksidlovchi stress kasallikning patogenezida asosiy omillar sifatida qaraladi. Mazkur maqolada polikistoz tuxumdon sindromining biokimyoviy va gormonal o'zgarishlari, ularning reproduktiv salomatlikka ta'siri hamda zamonaviy diagnostika usullarining ahamiyati tahlil qilingan.
