
Ushbu maqolada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos jihatlari, uning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Maqolada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, yoshlar ongida milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiya jarayonida oila, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari hamda axborot texnologiyalarining ta’siri keng yoritilib, ularning o‘zaro uyg‘unligi asosiy omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada psixologik, pedagogik va ijtimoiy yondashuvlarning integratsiyasi yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi asoslab berilgan.
