
Mazkur maqolada O'zbekiston sharoitida xususiy sektor va davlat sherikchiligi (PPP) orqali ijtimoiy investitsiyalarni ESG (Environmental, Social, Governance) mezonlari nuqtai nazaridan baholashning ahamiyati tahlil qilingan. PPP loyihalarining ijtimoiy, ekologik va boshqaruv jihatlariga e'tibor qaratilib, ESG tamoyillarini integratsiya qilish ijtimoiy investitsiyalar barqarorligini oshirishi ta'kidlanadi. Shartnomalar shaffofligi, risklarni adolatli taqsimlash va xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashga doir amaliy tavsiyalar beriladi.
