
Mazkur maqolada Namangan viloyatida mavjud ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda atrof-muhit va aholi salomatligiga ta'siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik muammolarni bartaraf etishning zamonaviy usullari, ekologik ta'lim va tarbiyaning ahamiyati hamda ekologik xavfsizlikni ta'minlash yoʻllari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, ekologik muammolarni hal etishda davlat, ta'lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish muhim omil hisoblanadi.
