
Tezisda mustaqillik yillarida zamonaviy o‘zbek haykaltaroshligining simpozium, biennale va ko‘rgazmalar orqali namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Haykaltaroshlik jarayoni milliy badiiy xotira, tarixiy shaxslar obrazi, zamonaviy plastik izlanish, material va shakl yangilanishi, xalqaro san’at maydoniga chiqish omillari bilan bog‘liq holda yoritiladi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilishi, Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi, respublika va xalqaro ko‘rgazmalar zamonaviy haykaltaroshlik rivojida muhim institutsional maydon bo‘lgani asoslanadi.
