
Ushbu maqolada til va identitet o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, xususan, o‘zbek adabiy tilining milliy o‘zlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til millatning madaniy, tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini ifodalovchi asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘zbek adabiy tilining jamiyatdagi ijtimoiy birlashuv, milliy ong va madaniy merosni saqlashdagi ahamiyati yoritiladi.
