
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) rahbarlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirish,ayniqsa, qardosh tillarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan muassasalarda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqoladaQoraqalpogʻiston Respublikasi misolida ana shunday MTT direktorlarining boshqaruv kompetentligini oshirishning samaralimexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda rahbarlarning kasbiy ehtiyojlari va mintaqaviy xususiyatlar inobatga olinganholda innovatsion yondashuvlar oʻrganilgan. Maqolada boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan uzluksizmalaka oshirish, mentorlik dasturlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish kabi mexanizmlar taklif etiladi.Olingan natijalar MTT rahbarlarining koʻp tilli ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishi uchun amaliy tavsiyalar beradi
