
. Zamonaviy ta’lim paradigmasida 4K modelining ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilari misolida o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida yangi avlod darsliklarida 4K modelining o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga maqolada 4K modeli asosida o‘qitish o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoaviy hamkorlik va samarali kommunikatsiya ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradigan metodlar, 4K modulining amaliyotdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
