
Ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollarining lingvomadaniy xususiyatlari oila mavzusi doirasida tadqiq etilgan. Oila instituti o‘zbek xalqining milliy mentalitetida markaziy o‘rin tutishi sababli paremiyalarda aks etgan “ota”, “ona”, “farzand” va “uy” konseptlarining lisoniy va madaniy semantikasi tahlil markazsidan o‘rin olgan. Tadqiqot davomida maqollarning milliy qadriyatlarni tashuvchi va jamiyatning axloqiy me’yorlarini belgilovchi funksiyalari ochiqlangan. Xalq maqollarida oila mavzusining o‘rganilishi ushbu tematikaning naqadar muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
