
Mazkur maqolada tarixiy badiiy asarlarda davr koloritini yaratishda badiiy detalning tutgan o‘rni so‘z boradi va misollar yordamida tahlilga tortiladi. Tadqiqot obyekti sifatida Mirkarim Osimning “O‘tror” va Hamdam Sodiqovning “Sulton Jaloliddin Manguberdi” qissalari tanlangan. Ushbu asarlarda qo‘llangan kiyim-kechak, qurol-aslaha, makon va zamon, nutq va harakat bilan bog‘liq detallar qiyoslanadi.
