
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Xurshid Do‘stmuhammadning “Jajman” hikoyasi milliy qadriyatlar kontekstida tahlil qilinadi. Asarda qahramonlarning harakteri, odat va qarashlari orqali o‘zbek xalqining an’anaviy axloqiy va ijtimoiy qadriyatlari mehr va muhabbat, halollik va jamiyat oldidagi jasorat timsoli yoritiladi. Maqolada badiiy vositalar va ramzlar orqali milliy ruhni aks ettirish, hikoyaning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini chuqurlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Natijada har bir obrazdagi ma’joziy ma’noga oydinlik kiritiladi.
