
Mazkur maqolada rivoyaviy she’riyatda zamon va makonning badiiy-estetik vazifasi tahlil qilinadi. Shuningdek, rivoyatga xos voqeabandlik, tarixiy xotira, epik tasvir va lirik kechinma birligiga munosabat bildiriladi. Xronotop nazariyasi, rivoyaviy she’r tabiatiga oid nazariy yondashuvlar va tarixiy manbalar asosida rivoyaviy she’riyatning zamon-makon strukturasini belgilovchi asosiy omillar Sharifa Salimovaning “To‘maris” dostoni misolida asoslanadi.
