
Mazkur maqolada o‘zbek she’riyatida ishq va muhabbat motivlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Muhabbatning inson qalbidagi abadiy tuyg‘u ekani, ilk sevgi xotirasining umr davomida yashashi poetik misollar asosida yoritiladi. Shoira Halima Xudoyberdiyeva ijodidagi ayol qalbi kechinmalari, sadoqat, rashk va hijron tuyg‘ulari “Begim, sizni xudoyim…” she’ri misolida ochib beriladi. Shuningdek, Zebo Mirzo she’riyatidagi ilohiy va otashin muhabbat talqini, lirik qahramon ruhiyati hamda umuminsoniy dardlarning badiiy ifodasi tahlil etiladi. Tadqiqotda ishqning inson ma’naviy olamidagi o‘rni va she’riy obrazlar orqali ifodalanish mahorati yoritilgan.
