
. Mazkur maqolada oʻzbek adabiyotining taniqli vakillari Halima Xudoyberdiyeva va Oydin Hojiyeva ijodida quyosh obrazining badiiy talqini qiyosiy tahlil etiladi. Shoiralarning she'riy merosida quyosh timsoli nafaqat tabiat hodisasi sifatida, balki hayot, umid, muhabbat, ma'naviy poklanish va ruhiy uygʻonish ramzi sifatida namoyon boʻlishi yoritiladi. Maqolada quyosh obrazining semantik qatlamlari, uning poetik vazifasi hamda lirik qahramon ruhiyati bilan uzviy bogʻliqligi misollar asosida ochib beriladi. Shuningdek, shoiralarning individual uslubi va badiiy tafakkurida quyosh timsolining oʻziga xos oʻrni yoritib beriladi.
