
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalariga ingliz tilini o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, talabalar ehtiyojlariga mos pedagogik yondashuvlar hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan samarali metodlar tavsiflangan.
