
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda innovatsion infratuzilmalarning – texnoparklar, biznes-inkubatorlar, klasterlar va raqamli platformalarning – o'rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. O'zbekistondagi mavjud innovatsion infratuzilma holati baholanib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida innovatsion infratuzilmalardan samarali foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
