
mazkur maqolada "akademik muvaffaqiyat" tushunchasi, ta'lim klasterlarining rivojlanishi, ta'lim sifatini ta'minlash kabi masalalar yoritiladi. Akademik muvaffaqiyat diagnostikasi: Bu talabalarning oʻzlashtirish darajasini aniqlash, ularning kuchli va zaif tomonlarini baholash uchun turli usullardan (masalan, baholash, testlar, kuzatuvlar) foydalanishni anglatadi. Ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish uchun diagnostik baholash va formativ baholash ma'lumotlari toʻplanishi kerak. Talabaning dastlabki muvaffaqiyat darajasi va ta'limga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash uchun ma'lumotlar toʻplanadi va oʻquv jarayoni davomida talabaning ehtiyojlarini qondirish uchun oʻqitish moslashtiriladi.
