
Mazkur maqolada rahbarning irodaviy sohasi va boshqaruv faoliyati samaradorligi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik masalasi tahlil qilingan. Rahbar shaxsining irodaviy sifatlari, jumladan, qat'iyatlilik, mustaqillik, mas'uliyatlilik, sabr-toqat va o'zini boshqara olish qobiliyatlarining boshqaruv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, irodaviy sifatlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoani boshqarish hamda tashkilot maqsadlariga erishishdagi roli ochib berilgan.
