
Mazkur maqolada shamol va quyosh energiyasiga asoslangan gibrid elektrostansiyalarning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, texnologik afzalliklari hamda istiqbolli rivojlanish yo'nalishlari tahlil qilingan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiya ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash va elektr energiyasi tannarxini pasaytirishda gibrid energiya tizimlarining o'rni yoritilgan. Shuningdek, energiya saqlash tizimlari, aqlli boshqaruv texnologiyalari va sun'iy intellekt asosidagi boshqaruv algoritmlarining qo'llanilishi ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari gibrid elektrostansiyalar energiya xavfsizligini ta'minlash va ekologik barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil ekanligini ko'rsatadi.
