
Ushbu maqolada musiqiy savodxonlikni shakllantirishning metodik asoslari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda o‘quvchilarda musiqiy bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish usullari yoritiladi. Shuningdek, musiqa ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada musiqiy savodxonlikni rivojlantirish orqali o‘quvchilarning estetik didi, ijodiy tafakkuri hamda milliy va jahon musiqa merosiga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalarida musiqa darslarida samarali metodlardan foydalanish o‘quvchilarning musiqani anglash, nota savodi va ijrochilik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
