
Maqolada sun’iy intellektning pedagogik qiymati, ya’ni ga ta’limni individuallashtirish, kundalik vazifalarni avtomatlashtirish, amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish va darsda interaktiv muhit yaratish kabi masalalarida yaxshi yordamchi bo‘la olishi xususida so‘z boradi. Shu bilan birga, sun’iy intellektning joriy etilishi an’anaviy usullarni qayta ko‘rib chiqishni, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini ta’minlash va axloqiy me’yorlarni ishlab chiqishni talab etishi qayd etiladi.
