
Ushbu maqolada yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xususiy mulk huquqing himoyasi masalalari tahlil qilinadi. Unda xususiy mulkning daxlsizligi, uning davlat tomonidan kafolatlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, yangi konstitutsiyaviy normalarning fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni hamda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi roli ko‘rib chiqiladi. Mazkur mavzu konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, iqtisodiyot nazariyasi hamda siyosatshunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.
