
Ushbu maqolada Zaynab romanining leksik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda agrar-milliy leksika, psixologik-emotsional birliklar, xalqona nutq elementlari hamda poetik tabiat tasvirining badiiy funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, roman stilistikasida romantik realizm unsurlari, metaforik ifoda tizimi, diglossiya hodisasi va fatalistik qarashlarning til orqali ifodalanishi ilmiy asosda tahlil etilgan. Asarda tilning estetik va ijtimoiy ongni ifodalovchi vosita sifatidagi roli ochib beriladi
