
Mazkur maqolada ingliz tili darslarida o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini rivojlantirishda interaktiv o‘yinlarning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida motivatsiya o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, faol ishtiroki va o‘quv natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Xususan, ichki motivatsiya o‘quvchining tashqi rag‘batlardan mustaqil ravishda bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji va qiziqishini ifodalaydi. Maqolada interaktiv o‘yinlarning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, dars jarayonini faollashtirish, psixologik to‘siqlarni kamaytirish hamda o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, interaktiv o‘yinlarning turli shakllari, ularni qo‘llash metodikasi hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan.
