
Mazkur maqolada shamol va quyosh energiyasiga asoslangan gibrid qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini elektr tarmoqlariga integratsiyalash masalalari hamda ularning barqaror ishlashini ta’minlash usullari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida 150 kW quvvatga ega gibrid elektrostansiyaning elektr tarmog‘i bilan o‘zaro ishlashi matematik modellashtirildi. Tizimning kuchlanish barqarorligi, chastota og‘ishlari va energiya sifati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalar energiya saqlash qurilmalari va aqlli boshqaruv algoritmlaridan foydalanish elektr tarmog‘ining ishonchliligi va energiya sifati ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi.
