
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflarida “Uglevodorodlar” bo‘limini axborot-kommunikatsiontexnologiyalar vositasida o‘qitishni takomillashtirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda virtual laboratoriyalar,multimedia vositalari va interaktiv metodlarning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishlari natijasidaAKT vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning bilim darajasi va mustaqil fikrlashini oshirishi aniqlandi. Organik kimyomavzularini vizual modellashtirish orqali murakkab tushunchalarni o‘zlashtirish samaradorligi ortgani kuzatildi. Tadqiqotdavomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida innovatsion metodika ishlab chiqildi. Statistik tahlillar AKT asosidatashkil etilgan darslarning an’anaviy usullarga nisbatan samaraliroq ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari kimyota’limini raqamlashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi
