
Mazkur maqola koreys tilidagi ayollar nutqining o'ziga xos xususiyatlarini xorijiy o'rganuvchilarga tushuntirishga qaratilgan. Tadqiqotda ayollar nutqining fonologik, leksik, grammatik va pragmatik jihatlari tahlil qilinadi. Har bir til sathida kuzatiladigan asosiy hodisalar hamda ayollar tomonidan ko'proq qo'llanadigan ifodalar misollar asosida yoritilib, koreys tilidagi genderga xos nutq xususiyatlari ochib beriladi.
