
Ushbu tadqiqot O'zbekistonda koreys tilini o'rganishga bo'lgan talabning keskin ortishi munosabati bilan Koreys tilini bilish darajasi testi o'qish ko'nikmasini o'qitishning samarali usullarini ishlab chiqish maqsadida amalga oshirildi. Hozirgi kunda O'zbekiston oliy ta'lim muassasalaridagi TOPIK darslari asosan darslikka tayanuvchi bir xillikdagi o'qitish uslubi va imtihonning eng so'nggi turdagi savollari yetarli darajada aks ettirilmasligi kabi muammolarga ega. Koreys tili filologiyasi yo'nalishi darslariga ChatGPT va Gemini kabi generativ sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari joriy etildi.
