
Maqolada Xitoy innovatsion mahsulotlari marketing diskursi asosida sharq tillarini o'qitishning zamonaviy metodlari tahlil qilinadi. Marketing matnlari (reklama, banner, sotsial tarmoq postlari) real til muhitini yaratib, o'quvchilarning leksik, pragmatik va madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantiradi. Douyin, WeChat Ads, Baidu SEM kabi platformalar hamda AI vositalari (ChatGPT) motivatsiyani oshiradi. Natijada an'anaviy yondashuvga nisbatan samarali o'qitishga erishiladi.
