
Maqolada o'zbek va xitoy tillaridagi asosiy rang nomlarining (oq, qora, qizil, yashil, sariq) lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Ranglarning xalq tafakkuri, urf-odatlari va qadriyatlari bilan bog'liq semantik hamda ramziy ma'nolari ochib beriladi. Frazeologizmlar va kundalik nutq misollarida ranglar mentalitet aks etuvchi muhim lingvomadaniy birlik ekanligi asoslanadi.
