
Ushbu maqolada o'zbek talabalari tomonidan xitoy tilidagi "了" yuklamasini o'zlashtirishdagi asosiy qiyinchiliklar va natijalar tahlil qilinadi. Xitoy va o'zbek tillari grammatik farqlari asosida talabalarning "了" ni o'rganish jarayonida yo'l qo'yadigan xatolari hamda ularning sabablari aniqlanadi. Shu asosda interaktiv o'qitish modeli ishlab chiqilib, uning samaradorligi tekshiriladi. Tadqiqot natijalari o'zbek talabalarning "了" ni to'g'ri qo'llash qobiliyatini oshirishga yordam beradi.
