
Maqolada kimyo va geografiya fanlarini integratsiyada o‘qitishning nazariy asoslari, amaliy muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Dasturlar nomutanosibligi, moddiy-texnika bazasi yetishmovchiligi va pedagogik kadrlar tayyorgarligidagi kamchiliklar asosiy to‘siqlar sifatida aniqlangan. Yechim sifatida integrativ modullar, STEM laboratoriyalari, loyiha metodi va o‘qituvchilar malakasini oshirish taklif etiladi.
