
mazkur maqolada ertaklarning yosh avlod tarbiyasidagi o'rni va ahamiyati yoritilgan. Xususan, xalq og'zaki ijodining qadimiy janri bo'lgan ertaklarda aks etgan axloqiy g'oyalar tahlil qilinib, ularning bola shaxsini shakllantirishdagi ta'siri ko'rsatib beriladi. Ertaklarda uchraydigan halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, mehr-shafqat, do'stlik va vatanparvarlik kabi fazilatlarning bola tafakkurida ijobiy iz qoldirishi ilmiy- pedagogik nuqtai nazardan asoslangan. Shuningdek, maqolada ertaklardan ta'lim jarayonida foydalanish usullari, ularning bolalar nutqini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishdagi roli ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari ertaklarning nafaqat axloqiy tarbiya, balki ma'naviy-ma'rifiy tarbiya vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.
