
Mazkur maqolada shamol-quyosh gibrid elektrostansiyalarining ish rejimlarini matematik modellashtirish hamda optimal boshqaruv usullarini ishlab chiqish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda 100 kW quvvatli quyosh fotoelektrik tizimi va 50 kW quvvatli shamol generatoridan iborat gibrid energiya tizimi ko‘rib chiqilgan. Tizimning matematik modeli ishlab chiqilib, energiya oqimlarini boshqarish algoritmi taklif etilgan. Olingan natijalar optimal boshqaruv usuli energiya ishlab chiqarish samaradorligini 12–15 % ga oshirishini ko‘rsatdi.
