
Ushbu maqolada Sharq tillarini o'qitish jarayonida sinonimlarni o'rgatishning zamonaviy usullari, xususan raqamli platformalar va sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sinonimlarni o'zlashtirish talabalarning leksik boyligini oshirish, nutqning ifodaliligini kuchaytirish hamda madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida interaktiv platformalar, mobil ilovalar va sun'iy intellekt vositalarining samaradorligi misollar orqali ko'rib chiqiladi.
