
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning huquqiy asoslari hamda xalqaro tajribasi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning rivojlanishida xalqaro me’yoriy-huquqiy hujjatlarning, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, UNESCO va UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya va tavsiyalarning o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy etish tajribasi, ularning tashkiliy-pedagogik yondashuvlari va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ta’limda teng imkoniyatlarni ta’minlash va maxsus ehtiyojli bolalarning jamiyatga moslashuvini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
