
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati hududidagi diniy va ziyorat turizmi salohiyati, mintaqadagi qadimgi ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar hamda islom madaniyati obidalarining turistik jozibadorligi tahlil qilinadi. Viloyatda ziyorat turizmini tizimli rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va madaniy meros obidalarini muzeylashtirish orqali xorijiy hamda mahalliy sayyohlar oqimini ko‘paytirishning metodologik asoslari yoritilgan.
