
Ushbu maqolada muzey fondlarida eksponatlarni saqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash va konservatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasi tahlil qilinadi. Dunyoning yetakchi muzeylarida qo‘llanilayotgan iqlim nazorati (climat-control) tizimlari, raqamli monitoring, restavratsiyaning zamonaviy usullari va biologik zararkunandalarga qarshi kurashish texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston muzeylari faoliyatini takomillashtirish nuqtai nazaridan yoritilgan.
