
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv motivatsiyasini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy psixologik usullari tizimli tahlil qilinadi. Shu bilan birga, o‘quvchining ichki ehtiyojlari, shaxsiy maqsadlari va emotsional holati bilan bog‘liq motivatsion omillar ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi bayon qilingan. Shuningdek, motivatsiyaning kognitiv, affektiv va irodaviy komponentlari o‘zaro uyg‘unlashgandagina barqaror o‘quv faoliyati shakllanishi hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik muloqot, ijobiy baholash mexanizmlari, refleksiv yondashuvning motivatsiyani kuchaytirishdagi o‘rni alohida tahlil qilinadi.
