
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda zamonaviy o‘yin vositalarining aqliy va ruhiy rivojlanishgata’siri muhokamali-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda raqamli o‘yinlar, interaktiv vositalar, konstruktorlar,STEAM elementlari, robotlashtirilgan o‘yinchoqlar hamda sensor-motor o‘yin vositalarining rivojlantiruvchi imkoniyatlaritahlil qilinadi. Maqolada xorijiy tajribalar, xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va ilmiy adabiyotlar asosida zamonaviy o‘yinvositalarining foydali jihatlari bilan birga, ularning nazoratsiz qo‘llanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarham ochib beriladi. Xulosa sifatida zamonaviy o‘yin vositalari bolaning tafakkuri, diqqati, xotirasi, nutqi va emotsionalbarqarorligini rivojlantirishi mumkinligi, ammo bu jarayon pedagogik nazorat, yoshga moslik, me’yor, mazmun va jonlimuloqot bilan uyg‘unlashgandagina samarali bo‘lishi asoslanadi.
