
O‘sib kelayotgan avlodda ratsional ovqatlanish gigiyenasini tashkil etishning ilmiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda sog‘liqni saqlashdagi o‘rni keng yoritilgan. Bolalar va o‘smirlar organizmi tez o‘sish va rivojlanish bosqichida bo‘lganligi sababli ularda energiya va oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoj kattalarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ratsional ovqatlanish organizmning fiziologik ehtiyojlariga mos, muvozanatli, vitamin va mineral moddalarga boy ovqatlanish tizimini anglatadi. Maqolada ovqatlanish gigiyenasining asosiy tamoyillari, ovqatlanish rejimi, noto‘g‘ri ovqatlanishning oqibatlari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maktab va oilada sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.
