
Gidroponika va vertikal dehqonchilik tizimlarida yetishtirish uchun istiqbolli qulupnay navlarini tanlash, ularning genetik xususiyatlarini baholash hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashga bag‘ishlangan hisoblanadi. Tadqiqot davomida turli genotiplarga mansub qulupnay navlari o‘sish sur’ati, vegetativ rivojlanishi, gullash va meva hosil qilish xususiyatlari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, nazorat qilinadigan muhit sharoitida navlarning hosildorligi, meva sifati, tashqi ko‘rinishi va ekologik omillarga moslashuvchanligi o‘rganildi. Olingan natijalar ayrim genotiplarning gidroponika va vertikal dehqonchilik tizimlarida yuqori mahsuldorlik hamda resurslardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari zamonaviy intensiv dehqonchilik texnologiyalarini rivojlantirish, sifatli mahsulot yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
