
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida kreativ yozma topshiriqlarni qo‘llashning metodik va texnologik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, yozma nutq madaniyati va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda tajriba-sinov ishlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Sinkveyn”, “Baliq skeleti” (Fishbone), “Venn diagrammasi”, “Storytelling” kabi interfaol metodlar, muammoli va loyiha asosida o‘qitish texnologiyalari hamda didaktik o‘yinlarning kreativ matn yaratishdagi amaliy samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
