
Mazkur maqolada dvigatelni sinash jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarning samaradorligi tahlil qilingan. Dvigatellarni sinovdan o‘tkazish avtomobil transport vositalarining ishonchliligi, xavfsizligi va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim bosqich hisoblanadi. Tadqiqot davomida kompyuterlashtirilgan diagnostika tizimlari, elektron boshqaruv modullari, dinamometrik sinov stendlari, sensorli nazorat vositalari hamda raqamli monitoring texnologiyalarining ishlash prinsiplari va afzalliklari o‘rganildi.
